Cookie nima? Cookielar haqida

Cookie nima? Cookielar haqida

Ko’pchilik web brauzerlar, saytlar va serverlar HTTP protokolidan foydalanishadi. Bu protokol faqat bitta server-brauzer bog’lanishi davomidagina muntazam hisoblanib, foydalanuvchi saytning boshqa sahifasiga o’tganida u o’zining beqarorligini namoyish etib qo’yadi: avvalgi bog’lanishdan asar ham qolmasdan, butunlay yangi bog’lanish yasaladi. Ammo ba’zi saytlar, sahifalar borki, ularda server-brauzer bog’liqligi foydalanuvchi bir necha sahifalarni almashtirganida ham muntazam turishi shart. Masalan, bir necha bosqichli, bir necha sahifaga cho’ziluvchi ro’yxatdan o’tish, buyurtma berish formalaridan iborat saytlar bor. Bunda foydalanuvchi birinchi sahifada o’z ma’lumotlarini kiritib, ro’yxatdan o’tishning «Davomi…» sifatida keyingi sahifada to’lov ma’lumotlarini, undan keyingi sahifada esa maxsulotni yetkazib berish ma’lumotlarini kiritishi kerak bo’ladi. Shu o’rinda HTTPning o’zi ojizlik qilib qoladi, chunki foydalanuvchi bir necha sahifalar, bir necha bog’lanishlar bilan ish ko’rayapti. Server esa har bir ulanish sodir bo’lganda brauzerni «tanib» olishi kerak bo’ladi. Bunday holatlarda cookielar juda qulay vosita hisoblanadi. Chunki aynan cookielar sababli server yuborayotgan har bir ma’lumotni brauzer tanib oladi va aksincha brauzer yuborayotgan har bir ma’lumotni server tanib olishi mumkin bo’ladi.

Metod Texnologiyalar
Cookie nima? Cookielar haqida

Оставьте комментарий