Yevrosiyoning ichki suvlari 

Yevrosiyoning ichki suvlari  Ichki suvlarning joylashishi. Ichki suvlarini yer usti va yer osti suvlariga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ularning geografik joylashishi birinchi navbatda iqlim va relyefga bog‘liq. Yer usti suvlari daryo, ko‘l va muzliklar, suv omborlari va kanallardan tashkil topgan. Eng yirik sersuv daryolar mo‘’tadil va musson iqlimli o‘lkalarda joylashgan. Ular Sharqiy Yevropa, G‘arbiy va O‘rta … Читать далее

Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalari 

Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalari  Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalari subtropik, tropik, subekvatorial (2 tadan) va ekvatorial iqlim mintaqalaridan iborat.   Subtropik iqlim mintaqasi materikning g‘arbidagi Pireney yarimorolidan to Tinch okean sohiligacha bo‘lgan qismini egallaydi. Yozda tropik havo, qishda esa mo‘tadil havo massalari hukmronlik qiladi. Materik ichkarisida yozda tropik havo massalari ta’sirida harorat +30 +35°C gacha ko‘tariladi, … Читать далее

Yevrosiyo iqlimi 

Yevrosiyo iqlimi  Yevrosiyoning iqlimi boshqa materiklar iqlimiga qaraganda ancha xilma-xil. Materik iqlimining xususiyatlari, avvalo, Yevrosiyo hududining shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab juda katta masofaga cho‘zilganligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, okeanlardan keladigan havo massalariga va relyefiga bog‘liq. Geografik kenglikning iqlimga ta’siri. Quruqlikning shimoldan janubga qarab uzoq masofaga cho‘zilganligi issiqlikning taqsimlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yevrosiyoda iyul oyining … Читать далее

Old Osiyo 

Old Osiyo  Geografik o‘rni. Old Osiyo o‘lkasi Kichik Osiyo yarimoroli, Armaniston va Eron tog‘liklarini o‘z ichiga oladi. Bu o‘lka shimolda Sharqiy Yevropa, sharqda O‘rta Osiyo, janubi sharqda Janubiy Osiyo, janubda Janubi-g‘arbiy Osiyo o‘lkalari bilan chegaralanadi. Geologik tuzilishi. Old Osiyo zamini paleozoy erasida vujudga kelgan. Kaynozoy erasida sodir bo‘lgan alp tog‘ burmalanishi davrida yana qayta ko‘tarilgan … Читать далее

Janubiy Osiyo 

Janubiy Osiyo  Geografik o‘rni.   Janubiy Osiyo Yevrosiyoning janubida joylashgan. U tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan eng baland Himolay tog‘ tizmalarini, yassitog‘likdan tashkil topgan Hindision yarimorolini va allyuvial yotqiziq lardan hosil bo‘lgan Hind-Gang pasttekisligini o‘z ichiga oladi. Quyida ularga umumiy tabiiy-geografik tavsif beramiz.   Himolay tog‘lari. Himolay «qorlar makoni» demakdir. U Tibet tog‘ligi va Hind-Gang pasttekisligi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uzunligi … Читать далее

Janubi-G‘arbiy Osiyo 

Janubi-G‘arbiy Osiyo  Geografik o‘rni. Janubi-G‘arbiy Osiyo tabiiy-geografik o‘lkasi Arabiston yarimorolini egallaydi. Bu o‘lka shimoli-sharqda Mesopotamiya pasttekisligi orqali Old Osiyo bilan, shimoli-g‘arbida Suvaysh bo‘yni orqali Afrika bilan chegaralansa, qolgan tomonlari O‘rta dengiz va Hind okeani suvlariga tutashadi.   Geologik tuzilishi.  Arabiston yarimoroli kaynozoy erasida Afrika platformasidan ajralib Yevrosiyo litosfera plitasiga qo‘shilgan. Lekin bu yarimorolni geolog olimlar yaxlit … Читать далее

Markaziy Osiyo 

Markaziy Osiyo    Geografik o‘rni. Markaziy Osiyo tabiiy-geografik o‘lkasi Osiyoning Markaziy qismini egallaydi. Uni shimolda Sibir, sharqda Sharqiy Osiyo, janubda Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, g‘arbda esa O‘rta Osiyo o‘lkalari o‘rab turadi. Bu o‘lkada Xitoy va Mongoliya hududidagi tog‘ va cho‘llar joylashgan.  O‘lkaning markaziy va janubiy qismidan Yer po‘stining faol Alp-Himolay seysmik mintaqasi o‘tadi. O‘lkada keksa, lekin … Читать далее

Sharqiy Osiyo 

Sharqiy Osiyo  Geografik o‘rni. Sharqiy Osiyo Xitoy davlatining sharqiy qismini, Koreya yarimorolini, Yapon va Filippin orollarini egallaydi. Bu o‘lka shimoldan janubga qarab dengiz sohillari bo‘ylab bir necha ming kilometrga cho‘zilgan. Tabiiy sharoiti. Sharqiy Osiyoning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Platformaning yuzasi Xuanxe va Yanszi daryolari keltirgan allyuvial … Читать далее

Sharqiy Yevropa 

Sharqiy Yevropa  Geografik o‘rni. Sharqiy Yevropa tekisligi Yevrosiyoda eng yirik tabiiy-geografik o‘lkalardan biri bo‘lib, uning maydoni qariyb 4 mln kv. km ga teng. Bu tekislik Yevropaning sharqiy qismida joylashgan. Sharqiy Yevropa tekisligi turli kengliklarda joylashgan bo‘lib, shimolda tabiat komplekslari tundradan boshlanib, janubi-sharqda mo‘’tadil mintaqaning cho‘l tabiatigacha davom etadi. Tabiiy sharoiti. Sharqiy Yevropa tekislik o‘lkasi geologik … Читать далее

O‘rta Yevropa 

O‘rta Yevropa  Yevrosiyo materigi tarixiy-geologik rivojlanishi va tabiatining xilma-xilligiga ko‘ra ikkita, Yevropa va Osiyo qit’alariga ajratilgan. Yevropa qit’asi tabiatini o‘rgangan tadqiqotchilar ham ko‘plab kichik tabiiy-georgafik o‘lkalarga ajratishgan. Masalan, Shimoliy Yevropaga Fennoskandinaviya, Islandiya, Shpitsbergen orollari, O‘rta Yevropaga Alp-Karpat tog‘lari, pasttekisliklar, qadimgi yassitog‘liklar (Buyuk Britaniya, Irlandiya orollari), Janubiy Yevropaga esa Pireney, Apennin va Bolqon yarimorollari va O‘rta … Читать далее